O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi Islomda kriptovalyuta savdosi shariat qonunlari bo‘yicha tovar va pul shartlariga to‘g‘ri kelmasligi sababli taqiqlanganini ma’lum qildi. Keyinroq markaz ushbu postni o‘chirib tashladi va muammo o‘rganish va izlanishni talab qilayotganini aytib, uzr so‘radi.
Farg‘ona viloyatidagi restoranda tilla solingan taomlar tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Fatvo markazi oltin va kumushni taomga qo‘shib tanovul qilish durust va halol emasligini bildirdi. Shuningdek, bu molni isrof qilish va ne’matlarning qadrini yerga urishdir, deydi markaz.
Ijtimoiy tarmoqlarda ishlatilgan mablag‘ning ma’lum qismi qaytarib berilishi, ya’ni keshbek olish Islom diniga zidligi borasida video tarqalgandi. Fatvo markazi bunday xulosani rad etib, ulardan foydalanish mumkinligini bildirdi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Activist blogerining aholi o‘rtasida ixtilof va tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni tarqatgan, degan xulosa bergani ma’lum qilindi. Fatvo markazi bloger keltirgan karmin moddasi mavjud mahsulotlarni iste’mol qilish joizligini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting